Termodinamik potentsiallar

Termodinamik potentsiallar — termodinamik tizim holatini to’la tavsiflaydigan va o’zaro bog’lanmagan hajm V, bosim r, t-ra T, entropiya S, tizimdagi zarralar soni N va b. makroskopik parametrlar x{ ning aniq funktsiyalari. T. p. ichki energiya Uqu(S, V, N, x), Gelmgols energiyasi Fqf(V, T, N, x), Gibbs energiyasi Gqg(p, T, N, x), entalpiya Nqn(S, p, N, x) kabi funktsiyalardan iborat. T.p. bir-biri bilan quyidagicha bog’langan: FqU—TS, GqFQpV, HqUQpV. T.p.dan bittasi ma’lum bo’lsa, tizimning barcha termodinamik xossalarini aniklash mumkin. Har qanday termodinamik tizim uchun T. p. statistik fizika usuli yordamida hisoblanadi. T.p. terminini fanga 1884 y.da frantsuz fizigi P. Dyugem kiritgan. T.p. usulining asoschisi J. U. Gibbs o’zining ilmiy ishlarida «fundamental funktsiyalar»ni termin sifatida qo’llagan.