Termodinamika

Termodinamika (Yun. termo issiq, dynamis — kuch) — termodinamik muvozanat holatida turgan makroskopik tizimlarning umumiy xossalari ga bu holatlar orasidagi utish jarayonlari to’g’risidagi fan. T. fundamental qonun va tamoyillar asosida quriladi. T. ning birinchi bosh qonuni tizimning energiya saqlanish qonuni bo’lib, unga, asosan, tizim o’zining ichki energiyasi yoki qandaydir tashqi energiya manbai hisobiga ish bajarishi mumkin. Bu krnunni yu. R. Mayer ta’riflagan. G. Gelmgols aniqroq shaklga keltirgan (1874). T. ning ikkinchi bosh qonun i quyidagicha: issiqlik energiyasi ishga aylanish jarayonida to’liq miqdorda ishga aylanmaydi, issiqlik sovuq tizimdan issiq tizimga o’zo’zidan o’ta olmaydi. Bu qonunni R. Klauzius ta’riflagan (1850). Bu konunga asosan, har qanday mashina uzatilgan issiklikni to’liq ishga aylantira olmaydi, issiklikning ma’lum qismi sovitkichda qoladi (q. Karno tsikli). T. ning uchinchi bosh qonuni entropiyaning mutlaq qiymatini aniqlaydi; Nernstning issiqlik qonuni deb ham ataladi. Bu qonunga ko’ra, ixtiyoriy tizimning entropiya S si mutlaq nolga intiladigan har qanday t-ra T.da bosimga, zichlikka bog’liq bo’lmagan eng oxirgi chegaraviy qiymatiga erishadi. 1911 y.da M. Plank bu qonunni quyidagicha ifodalagan: t-ra mutlaq nolga intilganda tizim entropiyasi ham nolga intiladi. T. umumiy yoki fizik T.ga, T. qonunlarini issiqlik texnikasiga tatbiq qiluvchi texnik T.ga, T. qonunlarini kimyoviy va fizikkimyoviy jarayonlarga tatbiq qiluvchi kimyoviy T. ga, T. qonunlari yordamida qaytmas jarayonlarni o’rganuvchi qaytmas jarayonlar T.siga bo’linadi.