TERMOELEKTR GENERATOR

TERMOELEKTR GENERATOR — issiqlik engergiyani bevosita elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma; tok manbai. Ishi termoelektr hodisalardan biri — Zeebek effektita asoslangan. Asosiy qismlari: termobatareya (Yari mo’tkazgich l i termoelementlar majmui), issik,lik almashinish qurilmalari. T.ralar farqi hisobiga termobatareyada elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) paydo bo’ladi. Issiqlik manabiga kura,, T.g.ning izotop quyosh, gaz va b. turlari buladi. Uning an’anaviy elektr mashinalardan afzalligi shundaki, unda harakatlanuvchi qismlar bo’lmaydi, ishonchli, unga texnik xizmat ko’rsatish oson. Foydali ish koeffisienti (f.i.k.) pastligi, qimmat turishi T.g.ning kamchiligi, T.g. uzok,roq erlarda joylashgan iste’molchilar — avtonom mayoqlar, meteorologiya styalari, kosmik apparatlar, turli ilmiy ekspedisiyalar va b.da ishlatiladi.