TERMOFIL ORGANIZMLAR, termofillar

TERMOFIL ORGANIZMLAR, termofillar (termo… va … fil) — doimiy yuqori haroratda yashashga moslashgan organizmlar. Termofil mikroorganizmlar tabiatda qaynoq buloqlarda, o’zo’zidan qizib ketadigan substratlar — nam xashak va don to’plami, go’ng va b.da, tuproqning quyosh taftida kuchli qiziydigan yuza qatlamlarida keng tarqalgan. 45°dan yuqori haroratda ko’payadi va usadi. Bakteriyalar ko’paya oladigan maksimal harorat 70— 90° va undan yuqori; mikroskopik zamburug’lar va suvo’tlar — 55-60°, bir hujayrali hayvonlar — 45-50°. Obligat T.o. (ayrim bakteriyalar) 45° dan past xaroratda ko’paymaydi. Keng ma’noda T.o.ga gomoyoterm hayvonlar tanasida yashaydigan parazit va saprofit organizmlar, tropik mintakalarda uchraydigan paporotniksimonlar va gulli o’simliklar kiradi. Termofil hayvonlar muayyan darajadan pastroq haroratda yashay olmaydi. Mas., madrepor korallar harorati 20°dan pastga tushmaydigan dengizlarda tarqalgan. Termofil qiskichbaqasimonlar qaynoq buloklarda yashaydi, lekin harorat 30° dan pastga tushganida halok bo’ladi. Arid zonada tarqalgan hasharotlar orasida T.o. ko’p uchraydi (mas., koratan qo’ng’izlar). Past haroratda uz tanasi haroratini yaxshi boshqara olmaydigan kupchilik tropik qushlar, antilopalar va b. ham T.o.ga kiradi. Ad.: Biologiya termofilno’x mikroorganizmov, M» 1986.