Termograf

Termograf (termo… va …graf) — havo, suyuqlik va b. trasini uzluksiz qayd qiluvchi asbob. T.da bimetal plastinka, suyuklik termometri yoki qarshilik termometri sezgir element vazifasini o’taydi. Meteorologiyada sezgir elementi t-ra o’zgarishi bilan deformasiyalanuvchi egik bimetall plastinkali T. keng tarqalgan. Bu plastinka uchining siljishi milga uzatiladi va grafalarga bo’lingan (darajalangan) lentada egri chiziq chizadi. Chiziqning vertikal bo’yicha 1 mm uzunligi g ga to’g’ri keladi. Barabanining to’la aylanish vaqtiga qarab, sutkali va haftali T.larga bo’linadi. T.ning ishlashi simobli termometrlar bilan tekshirib turiladi.