Termostat
Termostat (termo… va Yun. statos — qo’zg’almas) — Trani doimiy saklash uchun mo’ljallangan asbob; atrofmuhitdan metall, shisha yoki boshqa materialdan qilingan issiklik izolyasiyasi bilan himoyalangan idish. Idishning ichida qizdirgich va termorostlagich bo’ladi. O’zgarmas Trani ta’minlash uchun toza moddalar yoki barqaror aralashmalarning suyuqlanish va qaynash tralari, ya’ni fazaviy o’tishlar tralari barqarorligidan foydalaniladi yoki maxsus qurilmalar — termorostlagichlar qo’llanadi. T.da issiklik eltgichlar sifatida spirt, suv va moy (o’rtacha t-ra -200 — 800K uchun), suyultirilgan tuz va metallar (800K dan yuqori t-ra uchun) ishlatiladi. Juda past tralar (kriogen tralar, 120K dan past) uchun mo’ljallangan T. kriostat deb ataladi. T. dan fizikkimyoviy, bakteriologik va b. tadqiqotlarda, elektronika, kinofototexnika va b. sohalarda foydalaniladi.