Terrakota
Terrakota (ital. terra — er, tuproq, cotta — qizdirilgan) —tor ma’noda — loydan ishlanib xumdonda pishirilgan sirlanmagan va rang berilmagan mayda haykalchalar; keng ma’noda — loydan tayyorlanib, maxsus xumdonlarda qizdirilgan badiiy va amaliy ahamiyatga ega sirlangan sopol buyumlar (idishlar, ko’za, haykalcha, o’yinchoq, koshinvab.). Qizdirilgandan so’ng o’ziga xos tus (sargish, qizg’ishjigarrang, qora) va sirt (faktura)ga ega bo’ladi. T. neolit davridan ma’lum bo’lgan. Mayda xaykaltaroshlik asarlari, haykal shakllari, sarkofaglar, Yunoniston, qad. Xitoy, Hindiston, Amerika haykallari, me’moriy qismlar, O’rta Osiyoning o’rta asrlar me’morligidagi o’yma T. bezaklari, Italiya ning relefli me’moriy qismlari, Uyg’onish davri portret byustlari va b. badiiy T.ning muhim yodgorliklaridir. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududidan ko’plab Nodir T. namunalari topilgan. Zamonaviy haykaltaroshlikda T. mayda shaklli haykallar va b.da ishlatiladi.