TESEY

TESEY (Tezey) — Afinaning afsonaviy qahramoni va shoxi (miloddan avvalgi taxminan 13-asr). Antik davr rivoyatlari bir qator afsonaviy jasoratlarni Tesey nomi bilan bog’laydi (amazonkalar bilan bo’lgan urushda va argonavtlar safarida ishtirok etgan, qaroqchi Prokrust, marafon buqasi, Kalidon to’ng’izi va boshqalar ustidan g’alaba qozongan); bir qator tarixiy voqealar, xususan, Afinani Krit gegemonligidan xalos etilishi, sinoykizm (Attikani birlashtirilishi), Panafiney va Sinoykiy bayramlari, Istm o’yinlari, Afina grajdanlarini ilk bor ijtimoiy tabakaga — evpatriylar, geomorlar va demiurglarga ajratilishi Tesey nomi bilan bog’liq. Tesey sharafiga Afinada har oyda Tesey bayrami nishonlangan. Teseyon ibodatxonasi (miloddan avvalgi 5-asr) qurilgan.