TETEREV
TETEREV — Ukrainaning Jitomir va Kiev viloyatlaridagi Daryo. Dneprning o’ng irmog’i. Uz. 365 km. Havzasining mayd. 15100 km2. Dnepr bo’yi qirlaridan boshlanadi va Polese bo’ylab oqib, Kiev suv omboriga quyiladi. Asosan, qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyidan 136 km da 18,4 m3/sek. Dek.da muzlab, martda muzdan bo’shaydi. Quyi qismida kema qatnaydi va yog’och oqiziladi. T. bo’yida Jitomir, Korostishev, Radomishl sh.lari joylashgan.