TEVTONLAR

TEVTONLAR — german qabilalari. Miloddan avvalgi 2-asrda kimvrlar bilan birga Rim yerlariga kirishgan, miloddan avvalgi 102 yil Rim sarkardasi G. Mariy tomonidan tor-mor etilgan. Keyinchalik ba’zan Tevtonlar deyilganda umuman germanlar tushunilgan.