Texas
Texas — AQShning Jan. qismidagi shtat.Janubtomondanmeksikaqo’ltig’iga tutash. T. maydoni bo’yicha Alyaska shtatidan keyin 2o’rinda, aholisining soni bo’yicha Kaliforniya shtatidan keyingi o’rinni egallaydi. Mayd. 691 ming km2. Aholisi 21,8 mln. kishi (2002), 80% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Ostin sh. Yirik shaharlari: Xyuston, Fortuert, SanAntonio. Er yuzasining katta qismi plato, sohili pasttekislik. G’arbida qoyali tog’larning tarmoqlari bor (eng baland joyi 2665 m). Iqlimi subtropik, g’arbida kontinental iklim. Yillik yog’in sharqida 1000— 1300 mm, g’arbida 200-300 mm. O’simliklari savanna va dubqarag’ay o’rmonlaridan iborat. T. — industrialagrar shtat. Neft, tabiiy gaz, oltingugurt, geliy qazib chiqariladi. Shuningdek, polimetall rudalar, uran, toshko’mir konlari bor. Sanoatning etakchi tarmoqlari: neftni qayta ishlash, kimyo sanoatlari. Aviaraketasozlik, rangli metallurgiya sanoatlari ham rivojlangan. Oziq-ovqat, metallsozlik, mashinasozlik korxonalari bor. Q.x.da dehkrnchilik etakchi o’rinda. Asosan, paxta, shuningdek, bug’doy, jo’xori, makkajo’xori, sabzavot, beda, er yong’oq ekiladi. Mevachilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, qo’y va echki boqiladi. Yirik portlari: Xyuston, Bomont, Portartur va b.