Texnika estetikasi

Texnika estetikasi — sanoat ishlab chiqarish. vositalari yordamida atrofdagi moddiy muhitni badiiy loyihalash usullarini o’rganish bilan shug’ullanadigan ilmiy fan. Insonning modsiy va ma’naviy ehtiyojlarini e’tiborga oladi va dizaynnint nazariy asosini tashkil etadi. T.e. badiiy loyihalashnig o’ziga xos xususiyatlarini, loyihalash jarayonidagi o’rnini, loyihalovchirassom faoliyatining usul va vositalarini, dizaynning paydo bo’lishi, ijtimoiymadaniy mohiyatini, paydo bo’lish sharoitlarini va rivojlanish istiqbollarini, uning texnika, san’at va madaniyat bilan o’zaro uyg’unlashuvini tadqiq qiladi, sanoat mahsulotlariga bo’lgan talablarni va assortimentini yaratish tamoyillarini shakllantiradi. T.e. ilmiy fanlar (Materialshunoslik, rangshunoslik va b.) ga, sanoat ishlab chiqarish., sosiologiya va b.ga tayanadi.