Texnokratiya

Texnokratiya (Yun. techne san’at, hunar, mahorat va …kratiya) — 1) ijtimoiy tafakkurdagi oqim, unga ko’ra, jamiyat butunlay ilmiy-texnika tafakkuri printsiplari bilan boshqarilishi mumkin; texniklar, muhandislar va olimlar (texnokratlar) ilmiy-texnika tafakkurining namoyandalari bo’lib, korxonalar va umuman jamiyatdagi barcha hokimiyat tadbirkorlar va siyosatchilardan ularga utishi kerak. Texnokratik kontsepsiyalar hoz. ijtimoiy ishlab chiqarish.da fan va mutaxassislar mavqeining oshib borayotganligini aks ettiradi. T.ning barcha ko’rinishlariga xos bo’lgan belgi ijtimoiy jarayonlarni texnika va b. tor ixtisoslashgan mezonlar asosida boshqarishga e’tiborni kuchaytirib, siyosatning qadriyatlietik o’lchovlariga kam ahamiyat berishdir; 2) monopoliyalashtirilgan ishlab chiqarish. va davlat apparatining yuqori mulozimlari — mutaxassislar qatlamini bildiradi; 3) 20-a. ning 30-y.larida AQShda vujudga kelgan ijtimoiy harakat. U milliy miqyosda ishlab chiqarish.ni ilmiy rejalashtirish natijasida sanoat to’ntarishi yordami bilan umumiy farovonlikka erishishni maqsad qilib qo’ygan (rahbarlari G. Loeb, G. Skot). Harakat 40-y.lar boshida barbod bo’lgan.