TEZAVRASIYA
TEZAVRASIYA (Yun. thesauros — xazina) , oltin tezavrasiyasi — 1) aholining pulga narsalar sotib olmay, uni muomalada ishlatmaslik yo’li bilan jam/arishi; 2) xususiy shaxslar tomonidan oltinni boylik (oltin buyumlar, har xil taqinchoqlar shaklida), xazina tarzida tuplashi; 3) mamlakatning oltin zaxirasini barpo etish. Tezaurus (Yun. thesauros — xazina, boylik) — 1) muayyan tildagi barcha so’zlarni qamrab oladigan, ularning matnda qo’llanish holatlarini to’lato’kis aks ettiradigan lug’at. Jonli tilning lug’at tarkibi doimo o’zgarib turishi sababli T. faqat o’lik tillar materiallari asosida yoki oldindan belgilab olingan yozma edgorliklar uchun tuzilishi mumkin. Muayyan yozuv yodgorliklaridan leksikani yoppasiga terib olishga asoslangan lug’atlar (mas., yunon, lotin tillariga tuzilgan lug’atlar) shunday lug’atlardan hisoblanadi. Turkiyshunoslikda A.K.Borovkov, E.I.Fozilov, A.Najiblarning 13-14-a.lar turkiy yozma edgorliklari asosida tuzilgan lug’atlari ham glossariy, ham T. belgilariga ega. So’z tanlash printsipiga ko’ra yozuvchilar yoki ular ijodiga mansub ayrim asar tili bo’yicha tuzilgan lug’atlar ham T. hisoblanadi; 2) bironbir ilmfan sohasiga oid lug’aviy birlik (so’z) lar mavzu tartibida joylashtirilgan va ana shu birliklar o’rtasidagi semantik (turjins, sinonimik va b.) munosabatlar aks ettirilgan ideografik lug’at. Bunda so’zlar alifbo tartibida emas, balki bir mavzu, bir tushunchaga aloqador so’zlarning barchasi bir joyda beriladi: kerakli so’zlar tushunchaga qarab qidiriladi. Nazariy jihatdan T. leksika semantik tizimining ehtimoliy modellaridan biridir. Amadda undan yozuvchi individual lug’atini boyitish vositasi sifatida foydalaniladi.