Tibbiyot ilmiy kutubxonasi

Tibbiyot ilmiy kutubxonasi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining tibbiyot ilmiy kutubxonasi — O’zbekistondagi yirik ilmiy kutubxonalardan biri. Toshkent sh.da 1935 y. tashkil etilgan. Hoz. O’zbekiston biotibbiy adabiyotlarning eng ko’p kitob saqlagichi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Fondida qariyb 1 mln.ga yaqin asar bor, bular kitoblar, vaqtvaqti bilan chiqadigan tibbiyotga oid nashrlar, avtoreferatlar, shuningdek, 160 ming nusxadagi chet el adabiyotlaridir. Bundan tashkari, Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari», Gippokrat asarlari, 17— 19-a.larda chop etilgan noyob kitoblar va tibbiyot fani hamda sog’liqni saqlash asoschilari, shu bilan birga O’zbekiston tibbiyot olimlarining asarlari mavjud. 25 mingga yaqin kitobxonga xizmat qiladi, 900 mingdan ziyod kitob tarqatadi. Kutubxona sog’liqni sakdash, tibbiyot va uning sohalariga oid biografik ko’rsatkichlar nashr etadi. O’zbekistondagi barcha tibbiyot kutubxonalariga amaliy va uslubiy yordam beradi. Kitobxonlarga xizmat uy abonenti, o’quv zali, nostantsionar shakllar va b. usullarda amalga oshiriladi. Kutubxona so’rovqidiruv apparati alifboli, sistematik va fanlar kataloglari, umumiy hajmi 7 mln.dan ortiq ro’yxatga olish va mavzuiy kartotekalarga ega. 1996 y.dan T. i.k. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining O’zbekistondagi hujjatlar markazi vazifasini bajarmoqda, shuningdek, materiallarni keng targ’ib qilishni amalga oshirmoqda. 2002 y.dan T. i.k.da O’zbekistondagi kitobxonlarni o’z sohasiga ko’ra Internet orqali axborotlar bilan ta’minlay oladigan kata yig’ma elektron kataloglar bor. T.i.k. tibbiy kutubxonalar Evropa assosiasiyasining byurosi bilan hamkorlik olib boradi.