Tibet-birma tillari
Tibet-birma tillari – Xitoy-Tibet tillari oilasining 2 asosiy tarmog’idan biri; asosan, Myanma (sobiq Birma), Xitoy, Hindiston va Nepalda tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 70 mln. kishiga yaqin (1990-y.lar o’rtalari). Bir necha asosiy guruhlarga bo’linadi (u yoki bu guruhga mansub bulmagan tillar ham bor): lolobirma guruhi Xitoy va Myanmada tarqalgan birma, i, Lisu, xani, laxu, nasi va b. tillarni o’z ichiga oladi; Tibet guruhi Tibet tili va uning laxjalari, tamanggurung tillarini kamrab oladi; kukin aga guruhi manipuri, lushey kabi tillardan iborat, Karen guruhi Bodo, garo, tipera, Kachin kabi ko’plab tillarni qamrab oladi; Sharqiy Himolay guruqiga Nepal sharqidagi Limbu, sunvar kabi tillar, g’arbiy Himolay guruhiga esa shim. Hindistondagi kanauri, rangkas va b. tillar kiradi. T. b.t. bo’g’inli amorf tillardan bo’lib, muayyan darajada agglyutinasiyaga moyilligi bor. Morfemalar, odatda, bir bo’g’inli bo’lsa ham, ba’zan istisnolar uchraydi. Bo’g’inlar barqaror qurilishga ega, so’z boshida qo’shaloq undoshlar bo’lishi mumkin. So’z yasalishida o’zaklarni qo’shish ustunlik qiladi. Gapda so’zlar o’rtasidagi munosabatlar so’z tartibi asosida va yordamchi morfemalar orqali ifodalanadi. Yordamchi morfemalar kupincha postpozitiv holatda bo’ladi; kesim gapning oxirida keladi. Ayrim T.b.t. ideografik yoki bo’g’inli yozuvga ega bo’lsa (nasi, i va ulik tangut), ba’zilar qad, hind yozuvidan kelib chiqqan alifbolardan foydalanadi (Tibet, birma, nevar, Rong, Karen tillari). Xitoydagi va Myanma shim.dagi ba’zi tillar uchun yakindagina lotin alifbosi asosida yozuvlar yaratilgan. Tibet va birma tillaridan boshka T.b.t. yaxshi o’rganilmagan.