TIBET TIBBIYOTI
TIBET TIBBIYOTI — davolash tizimi: qadimgi hind va Xitoy tibbiyotiga asoslangan. 5-6-asrlarda Tibet hududida tarqalgan. Tibet tibbiyotida bemorlar, asosan, o’simlik va hayvon mahsulotlaridan (1000 dan ziyod) tayyorlangan dorilar bilan davolanilgan, shuningdek, parhez buyurilgan. Zamonaviy tibbiyot fanida Tibet tibbiyotiga turlicha qaraladi.