Tikanboshlilar, akantosefallar
Tikanboshlilar, akantosefallar (Acanthocephala) — birlamchi tana bo’shlikli chuvalchanglar sinfi (ba’zi ma’lumotlarga kura tip). Gavdasi qopga o’xshash, uz. 1— 65 sm. Kugikulasi ostida qalin gipoderma qavati joylashgan. Gavdasining oldingi uchidagi ko’p ilmoqli xartumi yordamida xo’jayin tanasiga yopishadi. Xartumi tana ichiga tortiladi. Halqa va bo’ylama muskullari bor. Ichagi bo’lmaydi (osmotik ozikdanadi). Ayirish sistemasi protonefridiy tipida. Nerv sistemasi oldingi tomonda joylashgan bosh nerv gangliysi va undan ketadigan nervlardan iborat. Ayrim jinsli, tuxum qo’yadi. Metamorfoz va xo’jayin almashtirib rivojlanadi. Oraliq xo’jayini — qisqichbaqasimonlar va hasharotlar. 6 turkum, 14 oila, 500 dan ortiq turi bor. Asosan, hayvonlarda, ba’zan odamda parazitlik qilib, akantosefalyoz kasalligini paydo qiladi.