TIKUV MASHINASI

TIKUV MASHINASI — kiyimkechak tikish, buyumlarni bezash (choklar hosil qilib naqsh tushirish), ularni qavish va b. maqsadlarda ishlatiladigan mashina. T.m.ni birinchi marta 1755 y.da ingliz ixtirochisi Ch.F. Veyzental ixtiro qilgan. Nemis ixtirochisi I. M. Zinger T.m.ni takomillashtirdi (1851), shundan so’ng sanoatda keng qo’llanila boshladi. T.m. choklaydigan, tugma qadaydigan, tepchiydigan (ko’klaydigan) va h.k., qo’lda, oyoqda va elektr bilan harakatlanadigan, mokili va mokisiz, bir va ko’p ignali xillar-ga bo’linadi. Ishlash printsipiga qarab, universal (turli operasiyalarni bajaradigan) va maxsus (bitta operasiyani bajaradigan) T.m. bo’ladi (mas., tugma kadash mashinasi). Universal T.m.ning eng ko’p tarqalgani bir ignali, mokili choklovchi mashinadir. Bular sanoat va uyro’zg’orda keng ishlatiladi. Ko’p ignali T.m.lari ichida ikki ignalisi ko’proq qo’llaniladi. Choklarni payvandlab va elimlab biriktiruvchi T.m.lari ham bor. T. m.dan tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, galanteriya sanoati va uyro’zg’orda foydalaniladi.