TIL VA ADABIYOT INSTITUTI

TIL VA ADABIYOT INSTITUTI, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti (Tai) — o’zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixi, hoz. holati, boshqa xalkdar tillari va adabiyotlari bilan aloqalarini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy muassasa. 1934 y. yanv.da madaniy qurilish i.t. intining (1931-33) Filol. bo’limlari asosida tashkil topgan. 1937 y. rus shoiri A.S.Pushkin nomi berilgan. 1939 y.da til, adabiyot va tarix inti tarzida qayta tashkil etilgan. 1940 y.dan SSSR FA O’zbekiston filiali, 1943 y.dan O’zbekiston FA tarkibidagi int. Int negizida 1943 y.da Tarix inti, 1967 y.da Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi, 1968 y.da O’zbek sovet entsiklopediyam Bosh tahririyati tashkil topdi. 1991 y.da int 2 mustaqil intga — Adabiyot va Tilshunoslik intlariga ajraddi. 1991 y.da adabiyot intiga Alisher Navoiy nomi berildi. 1998 y.da bu intlar birlashtirilib, hoz. nomidagi int tashkil topdi. Intga turli yillarda o.Hoshimov (1934-37), Iahmedov (1937), F.Kamolov (1938), S. Husainov (1938-40), M. Yo’ldoshev (1940), V. Zohidov (1941), Amir Najib (1942-44), H.Zarifov (194448), I.Sultonov (194850), Oybek (1950), Yu.Sultonov (195152), V.Reshetov (1953-55), S.Qosimov (1955-58), A.Qayumov (1958-61), H.Qurbonova (1962-64), Q.Xonazarov (196471), Sh.SHoabduraxmonov (1971 74), M.Nurmuhamedov (1974-75), M.Qo’shjonov (1975-86), B.Nazarov (1986-90), T.Mirzaev (1998 y.dan) rahbarlik qiddilar. Int faoliyati Fitrat, Elbek, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, uyg’un, G’ozi olim, olim Sharafiddinov, H.Zarifov, MAfzalov, Izzat Sulton, M.Alaviya, 3. Husainova, Faxri Kamol, Qayum Ramazon, Olim Usmon, Z.Ma’rufov, S.Ibrohimov, F. Abdullaev, G’. Karimov, J. Sharipov, V.M. Jirmunskiy, E.E .Bertels, A.N.Kononov, E.D.Polivanov, K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, P.Shamsiev, Xolid Rasul, H.Sulaymonov, H.Yoqubov, G’.Abdurahmonov, A.Hojiev, N.Karimov, B. Nazarov, E.Begmatov, E.Fozilov, P.Qodirov, A.Hayitmetov, A.Abdug’afurov, C.Fanieva, M. Qo’shjonov, U.To’ychiev, S Akobirov, N.Mamatov kabi atokli yozuvchi va olimlar faoliyati bilan bog’liq; int tarkibida 10 bo’lim bor: folklor, mumtoz adabiyot tarixi, 20-a. adabiyoti, hoz. adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi, adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi, hoz. o’zbek tili, o’zbek tili tarixi va dialektologiyasi, terminologiya, leksikologiya va leksikografiya. Intda 20 dan ortiq fan dri, 40 ga yaqin fan nomzodi bor. Int olimlari bir necha avlodining ilmiyijodiy faoliyati tufayli O’zbekistonda asoslari ma’rifatparvarlik va jadidchilik mafkurasiga borib taqaladigan yangi adabiyotshunoslik, folklorshunoslik va tilshunoslik yuzaga keldi. O’zbek tili tarixi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, stilistikasi va terminologiyasi masalalari har tomonlama tadqiq etildi, turli davrlarda o’nlab leksikologik va terminologik lugatlar yaratildi. Bular orasida «O’zbek dialektologiyasi», 2 j.li «O’zbek tili grammatikasi», «O’zbek tilining tarixiy grammatikasi», 3 j.li «O’zbek adabiy tili taraqqiyoti», «XIII—XIV aerlar turkiy adabiy yodgorliklari tili», 1 va ko’p j.li UzbekchaRuscha va ruschao’zbekcha lug’atlar, 2 j.li «O’zbek tilining izohli lug’ati», 1 va 4 j.li «Navoiy asarlari lug’ati», «O’zbek xalq shevalari lugati», «O’zbek tilining imlo lug’ati» kabi asarlar bor. Adabiyot va folklor merosini to’plash, nashr etish, o’rganish, hoz. adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalarni tadqiq etish sohalarida ham jiddiy yutuqparga erishildi. 5 va 2 j.li «O’zbek adabiyoti tarixi», 2 j.li «adabiyot nazariyasi», 3 j.li «bolalar adabiyoti tarixi» 3 j.li «O’zbekistonda tarjima tarixi», 7 j.li «O’zbek xalk, ijodi bo’yicha tadqiqotlar» turkumi, 3 j.li «O’zbek folklori ocherklari» kabi kitoblar nashr etildi. Alisher Navoiy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Krdiriy, Hamza, Oybek, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon kabi shoir va yozuvchilar asarlarining ko’p jildli akademik nashrlari tayyorlandi. 2 j.li «O’zbek maqollari», 37 j.li «O’zbek xalq ijodi» namunalari chop etildi. Istiklol sharofati bilan o’zbek adabiyoti, folklori va tilini o’rganish tom ma’noda yangilandi. Avvalo, o’zbek adabietining sho’ro davrida o’rganilmagan, chala yoxud noto’g’ri talqin qilingan qirralarini tadqiq etishga kirishildi. Jumladan, tasavvuf adabietining Yassaviy, Boqirg’oniy, Mashrab, Huvaydo, So’fi Olloyor singari etakchi namoyandalari ijodi har tomonlama tadqiq etildi. Husayn Boyqaro, Ubaydiy, Feruz, Umarxon singari g’ukmdorijodkorlar hayoti va ijodini o’rganishga kirishildi. Intda o’zbek xalqining ming yillik og’zaki ijodi namunalarining to’la va mukammal nashrlarini tayyorlash bo’yicha tadqiqotlarolibborildi. Jumladan, «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi munosabati bilan dostonning akademik nashri birinchi Mar — ta to’la holda amalga oshirildi. Intda o’zbek folklori va adabiyotining eng qad. davrlardan bugungi kungacha bo’lgan taraqqiyotini ko’rsatuvchi 12 jiddli tarixini yaratishga kirishildi. Mustaqillik yillarida intning xalqaro aloqalari kengaydi. «Alpomish» dostoni Germaniya va Turkiyada nashr qilindi, int olimlari tadqiqotlari Xitoy, Germaniya, Rossiya va Turkiyadagi nufuzli jurnali va to’plamlarda chop etilmoqda, shuningdek, AQSh, Yaponiya, Koreya, Turkiya mamlakatlari fuqarolari intda ilmiy ish olib bormoqda. Intda aspirantura va doktarantura ta’limi yo’lga qo’yilgan. Int huzurida doktorlik dissertasiyalari himoyasi bo’yicha 2 ixtisoslashtirilgan kengash faoliyat ko’rsatmoqda. Intda 1958 y.dan «O’zbek tili va adabiyoti» jurnali nashr etiladi. To’ra Mirzaev.