Tillaqoʻngʻiz qanday qilib nur chiqaradi?
Tillaqoʻngʻizlar tanasidagi lyutsiferin moddasi tufayli tunda nur socha oladi. Qizigʻi shundaki, qoʻngʻizlarning nuri “sovuq” nur boʻlib, qizib ketmaydi.
Tillaqoʻngʻizlarning baʼzi turlari vaziyatga qarab oʻz nurini kuchaytirishi yoki kamaytirishi ham mumkin.