Tillarning genealogik tasnifi

Tillarning genealogik tasnifi — tillarning kelib chiqishi va qarindoshligini aniklashga asoslangan tasnif. Dastlabki, ilk asos tildan kelib chiqqan tillar o’zaro qarindosh tillar hisoblanadi (mas., hoz. 20 dan ortiq turkiy tillar dastlabki kad. turkiy tilning, hoz. slavyan tillari esa dastlabki umumslavyan tilining makon va zamondagi variantlaridir). Tillarning genetik qarindoshligi tillar o’rtasidagi fonetik, grammatik va leksik uxshashliklar tizimini aniklash orqali belgilanadi. T.g.t.ning ilk manbalari, asoslari sifatida M.Koshg’ariyning turkiy lahja(til)lar bo’yicha, bir qancha Arab olimlarining som tillari bo’yicha izlanishlarini ko’rsatish mumkin. T.g.t.ning maydonga kelishi qiyosiytarixiy tilshunoslikning paydo bo’lishi (19-a.) bilan bog’liq. Bu tasnifda qarindosh tillar kichik guruhchalarga, guruhlarga, oilalarga, ba’zan esa undan kattaroq birliklarga — makrooilalarga yoki til formasiyalariga (mas., uraloltoy tillari) birlashtiriladi (mas., T.g.t.ga ko’ra, o’zbek tili turkiy tillar oilasining Sharqiy guruhiga, rus tili esa hindevropa tillari oilasining slavyan guruhidagi Sharqiy slavyan guruhchasiga mansub). Aksariyat tillarni genealogic jihatdan tasnif qilish va ularni u yoki bu oilaga kiritish ko’pincha munozarali bo’ladi. Mas., Kavkaz tillari oilasining mavjudligini hamma olimlar ham tan olgan emas (yana q. 7mllar tasnifi. Lingvistik geografiya. Tillarning morfologik tasnifi). Ad.: Benvenist E., Klassifikasiya Yazikov [V kn.: Novoe v lingvistike, vo’p. 3], M., 1963; Teoreticheskie Osnovi klassifikasii Yazikov mira, ch. 1-2, M., 1980-82; Reformatskiy A.A., Vvedenie v yazikovedenie, M., 1998. Abduvahob Madvaliev.