Tillaxonov Salimxon

Tillaxonov Salimxon (1898, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — pedagog, O’zbekistonda milliy istiqlol harakati namoyandalaridan biri, «Milliy Ittihod» tashkiloti Sirdaryo viloyati rahbarlaridan. 1914-16 y. larda boshlang’ich maktablarda o’qituvchi, «Turon» truppasida aktyor. 1916— 17y. larda Boku pedagogika intida o’qigan. Toshkent eski shahar maorif bo’limi mudiri. Maorif inti direktori, «nashri maorif» uyushmasi muassislaridan biri (1923). S. O’rta Osiyo untida ham o’qigan va o’qituvchilik qilgan (1924-25). Toshkent okrug moliya kursini tashkil etib, unga rahbarlik kilgan (1925-29). «Moliya fani asoslari» asarini yozgan. 1929 y. noyab.da Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) tomonidan qamoqqa olinib, keyin otib tashlangan. 1989 y. oklangan. Ad.: Abdurashidxonov M ., Tanlangan asarlar, T., 2003.