Tilshunoslik, lingvistika

Tilshunoslik, lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga ko’ra, T.ning bir necha yo’nalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida o’rganuvchi, asosiy vazifasi dunya tillariga xozeng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish bo’lgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini o’rganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliterasiya va b.) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yo’nalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, kiyo’siytarixiy tilshunoslik va b. Paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, Sosiolingvistika kabi sohalar so’zlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini o’rganadi. Mazkur yo’nalishlardan tashqari T. ning har bir tildagi muayyan sathlar va birliklarni o’rganuvchi ko’plab tarmoq va bo’limlari bor: semasiologiya til birliklari ma’nolarini o’rganadi; fonetika va fonologiya tilning tovush qurilishini tekshiradi; leksikologiya va frazeologiya tilning lug’aviy materialini tadqiq etadi. So’z yasalishining tadqiqot ob’ekti so’zlarning yasalish usullari va ushbu usullarning mahsuldorligi bo’lsa, grammatika (morfologiya va sintaksis) so’z o’zgarishlarini va so’zlarning gaplar va so’z birikmalari sifatida birikishi qonuniyatlarini o’rganadi. T. ning har bir bo’limida yanada kichikroq (maydaroq) maxsus bo’limchalar bo’lishi mumkin. Mac, leksikologiya doirasida onomastika bo’limchasi bo’lib, u, o’z navbatida, antroponimika, toponimika va b.ga bo’linadi. Muayyan tilning hududiy farklanishi (differentsiasiyasi)ni dialektologiya o’rganadi. Mazkur bo’limlarning har birida tilning hoz. ahvoli va uning tarixiy taraqqiyoti tadqiq etiladi (q. Diaxroniya, Sinxroniya). Jahon tillari, ularning oilalari va guruxlarini o’rganuvchi T. tarmoklari: arabistika (arabhunoslik), germanshunoslik, turkiyshunoslik, Slavyanshunoslik, finugorshunoslik va b. Tillarning o’zaro ta’sirlashuvi, yordamchi xalkaro tillarni yaratish nazariyasi va amaliyoti, shuningdek, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish muammolarini interlingvistika va tarjima nazariyasi o’rganadi. T. fan sifatida ona tili va xorijiy tillarni o’rganishda, terminologiyani ishlab chiqish va takomillashtirishda, lisoniy matnlarni ilmiy sharhlashda, mashina tarjimasida muhim ahamiyatga ega; mavjud va xayoliy narsalar (moddiylik va g’oyaviylik)ning o’zaro aloqadorligi muammolarini hal qilish, ijtimoiy ongni va ijtimoiy mavjudot bo’lmish insonning o’zini to’g’ri tushunish uchun nazariy xulosalar chiqarishga imkon berdi. Til va tafakkurning, lisoniy va mantiqiy birlik (kattalik)larning o’zaro aloqasi muammosi T. va falsafa tomonidan baravar, bir vaqtning o’zida o’rganiladi. Asosiy lingvistik metodlar sifatida tavsifiy (qiyosiy, konfrontativ, kontrastiv, tipologik), tarixiy (qiyosiytarixiy, komparativ) va normativstilistik (me’yoriyuslubiy) metodlarni ko’rsatish mumkin. T.da yana maxsus tadqiqot usullari — lisoniy hodisalarni kuzatish, lisoniy eksperiment, lingvistik modellashtirish, lingvistik talqin usullari ham mavjud. T. falsafa va Filol. fanlari tutashgan chegarada paydo bo’lgan. T. muammolarini o’rganish dastlab qad. Hindistondan boshlangan. Kds. xind T. mil. AV. 6-a.dan oldin yaratilgan vedalarni til nuqtai nazaridan sharxlash natijasida vujudga keladi va mil. AV. 5 —4-a.larda yashagan Paninining grammatikasi tufayli yuksaklikka kutarildi. Bu asar nazmda yozilgan 3996 ta qoidadan iborat bo’lib, unda sanskrit fonetikasi va grammatikasi tavsif etilgan. Yunonistonda til mantiqqa bog’liq holda, shuningdek, uning grammatik qurilishi nuqtai nazaridan o’rganilgan (Geraklit va Demokritning qarashlari, Platon va Aristotelning asarlari, frakiyalik Dionisiyning «grammatika»si va b.). So’zlarni turkumlarga ajratish Aristoteldan boshlangan (mil. AV. 4-a.). Qad. yunon T.ning kamoloti Iskandariyadagi, qisman Pergan (kichik Osiyo)dagi yunon tilshunoslarining faoliyati bilan bog’liq. Iskandariya grammatika maktabi (mil. AV. 3-2-a.lar) vakillari tomonidan yunon tili grammatikasi yozildi. Yunon T. asosida lotin T. vujudga keldi (M. T. Varron, E. Donat, Prissian va b.ning asarlari). Keyinchalik Arab (Bag’dod, Kufa. Basradagi grammatika maktablari), kdd. yahudiy, oromiy (Andalusiya filologlarining 9— 12-a.lardagi asarlari) va turkiy (Koshg’ariy va Zamaxshariy asarlari) tillari ilmiy tavsif manbai bo’ladi. O’rta asrlarda tilshunoslikning rivoji Arab, shuningdek, Arab tilida ijod etgan Arab bo’lmagan filologlar nomi bilan bog’liq. Arab T.ning rivojlanishida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshg’ariy, Zamaxshariy, Javhariy singari o’rtaosiyolik olimlarning xam hissasi katta bo’lgan. Ibn Sino tovushlarni fonema nuqtai nazaridan tekshirgan bo’lsa, Javhariy, Koshg’ariy va Zamaxshariylar leksikologiya va leksikofafiya sohasida jahon tilshunosligiga katta yangiliklar kiritdilar. Maxmud Koshg’ariy va Zamaxshariy o’zlarining «Devonu lug’otitturk», «Muqaddimat uladab» asarlari bilan turkiy lahjalarni hamda boshqaboshqa oilalarga mansub tillarni qiyoslash va chog’ishtirish bilan T.da qiyosiytarixiy metod va tipologiyadan foydalangan dastlabki tilshunoslar sifatida nom qozonganlar. Filologik fanlar uzoq Sharqda, xususan, Xitoy va Yaponiyada ham rivojlandi. Rossiyada T. 15— 16-a. lardan boshlab taraqqiy qildi. M. V. Lomonosovning «rus fammatikasi» asarida rus adabiy tilining fonetik, morfologik, qisman sintaktik xususiyatlari birinchi marta izchil bayon qilindi. Uyg’onish davrida antik dunyo madaniy merosiga bo’lgan qiziqish klassik filologiyaning rivojlanishiga ham turtki bo’ldi. Shu bilan bir katorda, yangi, zamonaviy Evropa tillarini mantiqiy asosda o’rganish boshlandi. Qiyosiy metodika va tarixiylik tamoyilining qo’llanishi qiyosiytarixiy T.ka asos soldiki, bu soha tillarning qarindoshligini o’rganishda, tillarning genealogii: tasnifshsh ishlab chiqishda, qarindosh tillarning, tillar oilalarining, asosan, hindevropa tillari oilasining tarixiy taraqqiyotini o’rganishda, tillarning qad. holatini qayta tiklashda va b.da muvaffaqiyatlarga erishdi. T.dagi qiyosiytarixiy yo’nalishning rivojlanishiga nemis olimlari F. Bopp, Ya. Grimm, A. F. Pott, A. Shleyxer, A. Dits, daniyalik R. K. Rask, chexiyalik y. Dobrovskiy, avstriyalik F. Mikloshich, rus olimi A. X. Vostokov va b. katta hissa qo’shdilar. Umumiy T. asoslari, tilni «faoliyat» va «faoliyat mahsuli» sifatida tushunish, tilning tashqi va ichki shakli haqidagi ta’limot, tillarning tipologii tasnifi va b. muammolar nemis olimi V. Gumboldt tomonidan ishlab chiqildi. Uning fikrlari 19-20-a.lar G’arb T.ning bir qancha yo’nalishlari rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Gumboldt T. mantiqiylikdan qutulishi va o’z metodiga ega bo’lishi kerakligini, tilning tizim xususiyatiga egaligini, uning 2 jixdti — tovush va ma’nosi borligini qamda ijtimoiy hodisaligini asosli bayon qildi. 19-a. o’rtalarida A. Shleyxer T. da biologik nazariyalarni qo’llashga urinib ko’rdi. Lingvistik naturalizmni tanqid qilish negizida yosh grammatikachilar (nemis olimlari A. Leskin, K. Brugman, G. Ostxof, B. Delbryuk, G. Paul va b.) maktabi shakllanib, u asosiy e’tiborni jonli tillarni o’rganishga karatdi. Ushbu maktab vakillari qiyosiytarixiy T.ning rivojini yangi bosqichga olib chiqdilar. 19-a.da hindevropashunoslikning asosiy tarmoqlari (ellinistikayunonshunoslik, romanistika, germanistika, Slavyanshunoslik, keltshunoslik va b.) batamom shakllanib bo’ldi. Hindevropa tillari uchun ishlab chiqilgan qiyosiytarixiy metod tamoyillari ushbu oilaga kirmaydigan boshka tillarga ham tatbiq etildi. Shu tarika semitologiya, turkiyshunoslik, finugorshunoslik, afrikashunoslik kabi sohalar shakllanadi. T.ning 20-a. boshlaridagi rivojlanishida Ferdinand de Sossyurnnnt asarlari, birinchi navbatda, «umumiy tilshunoslik kursi» (1916) muhim rol o’ynadi. Sossyur tilning belgi nazariyasini yaratdi, sinxroniya va diaxroniya, ichki lingvistika, tashki lingvistika va b. muammolarni tadqiq qildi. F. de Sossyur g’oyalari keyinroq paydo bo’lgan lingvistik strukturalizm maktablarida: Praga lingvistik maktabi — funktsional tilshunoslik, Kopengagen lingvistik to’garagi (glossematika), Jeneva maktabi, Amerika deskriptiv (tavsifiy) T.da yanada rivojlantiriladi. Struktural oqimlar bilan bir katorda boshqacha yo’nalishlar va qarashlar rivojlana boshladi: psixologik yo’nalish (nemis olimlari X. Shteyntal va V. Vundt asarlari; rus olimi V. V. Potebilanya ham ushbu yo’nalishga qo’shiladi), neyrolingvistika va b. Materialistik dunyoqarashning keng yoyilishi bilan eksperimental fonetika va lingvistik geografiya xam rivojlana boshladi. Keyinchalik T.da yangi yo’nalish va bo’limlar: psixolingvistika, Sosiolingvistika, etnolingvistika, semiotik lingvistika, transformasiey lingvistika, matn lingvistikasi va b. paydo bo’ladi. Hoz. xorijiy T.da materialistik nazariyalar bilan bir qatorda idealistik tamoyillarga asoslangan nazariyalar ham (mas., lisoniy nisbiylik nazariyasi yoki yangi gumboldtchilik) mavjud. O’zbek T. tarixi Mahmud Koshg’ariy va Zamaxshariylarning izlanishlaridan boshlanib, uzok, tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. 15-a.dan 20-a. 20-y. larigacha o’zbek tilini o’rganishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor berildi (q. Leksikografiya, Lug’at), ko’plab ikki tilli (O’zbekchaForscha, o’zbekchaturkcha, o’zbekcharuscha va aksincha tartibda) lug’atlar tuzildi — T.ning leksikologiya va leksikofafiya bo’limlari rivojlandi. O’zbek tilini hoz. ma’noda o’rganish 20-a.ning 20-y.laridan boshlangan. Sho’ro davrida olib borilgan til siyosati, rus tilining jamiyatdagi mavqeini haddan ziyod oshirib ko’rsatish oqibatida tilni, til hodisalarini o’rganish, tavsif va tadqiq etishda (ayniqsa, o’zbek tili grammatikasini o’rganishda) muayyan kamchilik va nuqsonlarga yo’l qo’yilgan bo’lsada, o’zbek T. rivojlanib, ma’lum yutuklarga erishdi. O’zbek T. rivojiga Fitrat, K Ramazon, Otajon Hoshim, S. Ibrohimov, Olim Usmon, 3. Ma’rufov, Faxri Kamol, A. G’ulomov, F. Abdullaev, Sh. Shoabdurag’monov, G’. Abdurahmonov, A. Rustamov, M. Asqarova, X. Doniyorov, Sh. Shukurov, Sh. Rahmatullaev, M. Mirtojiev, E. Begmatov kabi olimlarimiz, rus tilshunoslaridan E. D. Polivanov, A. K. Borovkov, K. K. Yudaxin, A. N. Kononov, A. M. Shcherbak, V. V. Reshetov va b. katta xissa qo’shdilar. O’zbekistonda T. muammolari O’zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi tip va adabiyot instituto’, shuningdek, oliy o’quv yurtlarining tilni o’rgatish bilan bog’liq kafedralari tomonidan o’rganiladi, maxsus «O’zbek tili va adabiyoti» jurnali nashr etiladi. Ad.: Obtshee yazikoznanie. Formo’sutshestvovaniya, funktsii, istoriya yazika, M., 1970; Obtshee yazikoznanie. Vnutrennyaya struktura yazika, M., 1972; Obtshee yazikoznanie. Metodi lingvisticheskix issledovaniy, M., 1973; Berezin F. M ., Istoriya lingvisticheskix ucheniy, 2izd., M., 1984; Reformatskiy A. A., Vvedenie v yazikovedenie, M., 1998; Nurmonov A., O’zbek tilshunosligi tarixi, T., 2002. Abduvahob Madvaliev, Ibodulla Mirzaev.