Timsohlar

Timsohlar — suvda yashovchi sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi kaltakesakka o’xshash, uz. 2-7 m, boshi yassilashgan, tumshug’i uzun. Ko’zlari va burun teshiklari boshi ustidan bo’rtib chiqib turadi. Burun va quloq teshiklari suvda yopiladigan klapanlar bilan ta’minlangan. Og’iz bo’shlig’ida ikkilamchi tanglay bo’ladi. Tishlari yirik. Tili og’iz tubiga yopishgan. Dumi uzun va baland (ikki yondan yassilashgan). Orqa oyoqlari barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Terisi qattiq va qalin, muguzsimon yirik plastinkalar bilan qoplangan. Muguz plastinkalar ostida suyak plastinkalar joylashg’an. T. yuragi 4 kamerali bo’lishi bilan boshqa sudra — lib yuruvchilardan farq qiladi. O’pkasi yaxshi rivojlangan. Erkaklari kloakasi orqa qismida toq jinsiy organ joylashgan. Alligatorlar, gaviallar va haqiqiy timsoxlar oilalariga bo’linadi. T. oilasiga 3 urug’va 15 ga yaqin tur kiradi, jumladan, Nil T.i (uz. 7 m gacha) tropik Afrika Daryo, ko’l va botqokliklarida; tarokli T. (uz. 6 m gacha) Jan.Sharqiy Osiyo, Malayya arxipelagi orollari, shim. Avstraliya va yangi Gvineyadagi daryolarning quyilish joylari va dengiz sohillarida tarqalgan. T. hayotining ko’p qismini suvda o’tkazadi; asosan, tunda faol. Balikdar, sut emizuvchilar, qushlar va suv umurtqasizlari bilan oziklanadi. Nil T.i va tarokdi T. odam uchun xavfli. Urg’ochi T. qirg’okdagi qum yoki chiriyotgan barglar orasiga 20-100 tuxum qo’yadi; nasli to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. T. go’shti eyiladi, terisidan qimmatbaho terigalantereya buyumlari tayyorlanadi. Ko’plab ovlanishi tufayli soni kamayib ketgan. 26 turi va kenja turi (jumladan, 15haqiqiy T.) Xalqaro qizil kitobga kiritilgan. Bir qancha mamlakatlar (AQSh, Kuba, Yaponiya, Keniya)da T.ni ko’paytiradigan pitomniklar mavjud.