Tindal effekti
Tindal effekti — bir jinsli bo’lmagan xira optik muhitda yorug’likning sochilishi. Mas., shishadan yasalgan kub shaklidagi kyuvetka (vannacha)ga sut aralashtirilgan suv solib, uning asosidan yorug’lik tushirilsa, bu yorug’lik nurining izi anik, ko’rinib turadi. Agar kyuvetkaning yon tomonidan qaralsa, sochilayotgan yorug’lik havo rang konus (Tindal konusi) ko’rinishida, kyuvetkadan o’tayotganda esa qizg’ish bo’lib ko’rinadi. Kyuvetka yon tomonidan kuzatilayotganda yorug’likning havo rang ko’rinishda bo’lishi Reley qonuni asosida tushuntiriladi. Muhit zarralari o’lchami yorug’lik to’lqin uzunligidan kichik bo’lsa, T.e. yaxshi kuzatiladi. Bu hodisani ingliz fizigi J. Tindal (Tyndall) o’rgangan (1868), shuning uchun uning nomi bilan yuritiladi. Kalloid zarralar va makromolekulalarning o’lchami, shakli va kontsentrasiyasini aniklashning ba’zi optik usullari T.e.ga asoslangan.