Tintoretto

Tintoretto (Tintoretto, asli Robusti, Robusti) Yakopo (1518.29.9— Venesiya— 1594.31.5) — italyan rassomi, So’nggi Uyg’onish davri Venesiya maktabi namoyandasi. Bonifasio Veroneze, Tisiandan ta’lim olgan. T.ning ilk asarlaridayoq uning murakkab rakurslarni, keskin nur samarasini, xilmaxil harakatlarni mahorat bilan bera olishi namoyon bo’ldi («Ioann Krestitelning tug’ilishi», 1540-y.lar oxiri, Ermitaj). Ommaviy sahnalardagi kishilarning holati, ularning hayratini mahorat bilan tasvirlashi («Avliyo Markhing mo»jizasi», 1548, Akademiya galereyasi, Venesiya va b.) uni to’la shakllangan ijodkor sifatida namoyon qildi, sof, nurli buyoklar ulkan ta’sirchan qudratga ega bo’lib bordi («Mariyaning ibodatxonaga kirishi», taxm. 1555, Santmariya del orto cherkovi, Venesiya), T. asosiy ishi — Skuola Di Sanrokko uchun yaratgan namoyonlar turkumi (1565-88)da xristian afsonalarini teran demokratik kayfiyatda talqin qiladi, unda xalq, sertashvish, romantik kayfiyat baxsh etuvchi manzara tasviriga aloxida e’tibor beradi; batal janridagi «Zara yaqinidagi jang» (taxm. 1585, Dojlar saroyi, Venesiya), «maxfiy kechalar» (1592— 94, Sanjorjio Majore cherkovi, Venesiya) asarlari mahobatliligi bilan diqkatga sazovor. T. yaratgan portretlar o’ta soda va nozik ruhiyati bilan Rembrandt asarlari bilan raqobatlashadi («Avtoportret», taxm. 1590, Luvr va b.).