Tintuv
Tintuv — jinoiy ish bo’yicha dalillarni olishga qaratilgan tergov x.arakati. O’zbekiston Respublikasi JPKning 158moddasiga ko’ra, surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish. binosida yoki o’zga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli bo’lgan narsa yoki hujjatlar bor deb o’ylash uchun etarli ma’lumotga ega bo’lgan taqdirda T. o’tkazishga haqlidir. T. qidirilayotgan shaxsni, shuningdek, murdani topish uchun ham o’tkazilishi mumkin. T. surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan, prokurorning sanktsiyasi bilan o’tkaziladi. Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda T. prokurorning sanktsiyasisiz o’tkazilishi mumkin. Lekin bunday holda keyinchalik shu o’tkazilgan T. haqida 24 soat ichida prokurorga xabar qilinadi. T. o’tkazilayotganda xolislar ishtirok etishi shart. T. umumiy va shaxsiy bo’ladi. Umu mi y T. ob’ektiga bino, hovli va ochiq joylar, shaxsiy T. ob’ektiga fukarolar kiradi. Shaxsiy T. va olib qo’yish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan o’tkazilishi mumkin: jamoat tartibini saklashga doir burchini bajarayotgan milisiya xodimi tomonidan gumon qilinuvchini ushlash chog’ida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga etarli asoslar bo’lganda; gumon qilinuvchi milisiya yoki ququqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, qonunga asosan uni ushlash xaqida bayonnoma tuzilganda; ayblanuvchiga nisbatan qamoqsa saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qo’llanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek, saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlar bo’lishi mumkin deb o’ylashga etarli asoslar bo’lganida; olib qo’yish yoki T. o’tkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qo’yish va T. o’tkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga ko’ra olinishi zarur bo’lgan narsa yoki hujjatlarni o’z yonida yashirincha saklamoqda deb o’ylash uchun etarli asoslar bo’lganida. Shaxsiy T. tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan mutaxassis hamda xolislar ishtirokida o’tkazilishi mumkin. T. natijasida qo’lga kiritilgan narsa va xujjatlar T.da ishtirok etayotgan shaxslarga ko’rsatiladi, bayonnomada to’liq aks ettiriladi. Bayonnomaning nusxasi tintilgan shaxsga yoki uning voyaga etgan oila a’zolariga, ular bo’lmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda olib qo’yilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi. Mirzayusuf Rustamboev.