Tioefirlar

Tioefirlar, dialkil yoki diaril sulfid, RSRG’ —oddiy efirlarning sulfidli analoglari (R va R1 uglevodorod radikallari). Quyi alifatik T. efir hidli rangsiz suyuqliklar, suvda erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Dimetilsulfid, dietilsulfid, dipropilsulfid, diizopropilsulfid, dibutilsulfid, difenilsulfid, etilensulfid, tetrametilensulfid (tiofan) va b. T. jumlasidandir. Ularning suyuqlanish, qaynash trasi va zichligi turlicha. Simmetrik alifatik T. ba’zan sulfidli alkillar deb xam ataladi, ular anorganik sulfidlarni alkillab olinadi. Aralash T. merkantidlarni alkillab olinadi. T. motor yonilg’ilari, surkov moylari va lateksga antioksidant, stabilizator sifatida qo’shiladi. Ba’zi T. dorivor moddalar, bo’yagichlar, detergentlar, erituvchilar sifatida ishlatiladi.