Tiomochevina, tiokarbamid
Tiomochevina, tiokarbamid, H2NC(S)NH2 — taxir ta’mli, oq kristall kukun. Suyuklanish trasi 180 182°, zichligi 1405 kg/m3. Suvda, spirtda, piridinda eriydi. Ba’zi o’simliklar tarkibida topilgan. Kimyoviy xossalariga ko’ra mochevinaga o’xshash. Asoslar bilan tuz, metall tuzlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Turli organic birikmalar, jumladan, dori preparatlar sintezida qo’llanadi.