Tiosulfat kislota va tiosulfatlar, tiosulfat kislota

Tiosulfat kislota va tiosulfatlar, tiosulfat kislota, H2S2O3 — 2 asosli beqaror kislota; sulfat kislota hosilasi. Sulfat kislotadagi 1 ta kislorod atomi oltingugurt atomiga almashinishi natijasida hosil bo’ladi. Tiosulfat kislota o’z tuzlari — tiosulfatlarga kislotalar ta’sir ettirilganda oraliq mahsulot sifatida hosil bo’ladi va suvli eritmada parchalanadi. Tiosulfatlardan fakat bir qatorning vakillari — Me2S2O3 (bu erda Me — ishqoriy metall) tarkibli tuzlar ma’lum. Tiosulfatlar juda barqaror, rangsiz, suvda yaxshi eriydi. Bulardan natriy tiosulfat amaliy ahamiyatga ega (q. Natriy).