Tipologiya
Tipologiya (tip va …logiya) — ob’ektlarni mavhum, umumlashgan model (tip)lar yordamida ilmiy tasnif qilish usuli. Bunda o’rganilayotgan ob’ektlarning eng muhim struktur (tarkibiy) va funktsional xususiyatlari kayd etiladi. T.ning asosiy xususiyati shundaki, u nafaqat o’rganilgan, bilib olingan ob’ektlarni tasnif kilish, balki u yoki bu davrdagi fanga xdli ma’lum bo’lmagan ob’ektlarning mavjud bo’la olishini avvaldan ko’rsatish (aniklash)ga ham imkon beradi (mas., D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasi). Ilmiy tafakkurning universal usullaridan biri bo’lgan T. o’rganilayotgan ob’ektlar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutni ochib berishga, ularni aynan o’xshatish, tenglashtirish yo’llarini topishga asoslanadi va ko’plab fan sohalarida qo’llanadi, biroq xilmaxil xossali ob’-ektlari ko’p bo’lgan biol. kimyo, geogr. tilshunoslik, psixologiya kabi fanlarda samarali foydalaniladi. Tilshunoslikda T. — umuman til tuzilishining muhim belgilarini alohida, ayrim olingan tillar qurilishini o’rganish va ularni har tomonlama taqqoslash asosida aniqlovchi va umumlashtiruvchi tilshunoslik bo’limi. Tipologik metodlar turlituman tillarning fonologiyasi, morfologiyaetl, sintaksist va leksiG’sosidagi o’xshashliklar va tafovutlarni aniklashga, lingvistik universaliyalarni, shuningdek, tillarning tiplarini — til kurilishi tabiati haqidagi umumlashgan, mukammal xrldagi tushunchalarni belgilashga qaratilgan. Tillarning tiplari grammatikada tushunchalarni anglatish usuliga, munosabatlarni ifodalash texnikasiga va birikish, boglanish darajasiga qarab aniqlanadi. Tipologik tadqiqotlar til tizimining alohida, ayrim kichik tizimlari asosida ham olib boriladi, shu tufayli fonologik, morfologik, sintaktik va semantik T.lar farklanadi. Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo’lmagan har xil tizimdagi tillarning ayrim xususiyatlarini qiyosiy T. o’rganadi. Aniklanadigan tipologik belgilar ma’lum bir kichik tizimning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, lekin til qurilishida ular turli nisbatlarda birikadi, shuning uchun mazkur belgilardan biri asosiy, etakchi hisoblanadi. So’zning tarkibiy tuzilishi asosida tillarning morfologik (tipologik) tasnifi yaratildi, biroq tadrijiy taraqqiyot natijasida tilning tipi o’zgarishi mumkinligi sababli tillarning tiplari sof holda uchrashi isbotlanmagan. Tilshunoslik sohasidagi tipologik tadqikrtlar nemis olimi F.Shlegel asarlaridan boshlangan. Keyinchalik tillar T.si bo’yicha nemis olimlari A.V.Shlegel, V.Gumboldt, X.Shteyntal, A. Shleyxer, amerikalik E.Sepir, Chex V.Skalichka, frantsuz A.Martine, ruslardan F.F.Fortunatov, I.I.Meshchaninov, B.Uspenskiy, Yu.V.Rojdestvenskiy, V.N.Yarseva va b. tadqiqotlar olib borganlar. O’zbekistonda ham A.Abduazizov, J.Bo’ronov, Q.Toymetov va boshqalar T. masalalari bilan shug’ullanganlar. Ad.: Uspenskiy B.A., Strukturnaya tipologiya Yazikov, M., 1965; Teoreticheskie Osnovo’klassifikasii Yazikov mira, M., 1980. Abduvahob Madvaliev.