Tire

Tire (Frans. tiret — chiziqcha; cho’ziq narsa) — hoz. o’zbek tilida keng qo’llanadigan, gorizontal chiziqcha (—) shaklidagi tinish belgisi. T. rus yozuvida 18-a.dan, o’zbek yozuvida esa 19-a. ning 70-y.laridan qo’llana boshlagan. Aralash holda, ya’ni gapning boshida va o’rtasida, shuningdek, yakka va takror (qo’shaloq) holda qo’llanuvchi tinish belgilaridan. T. yakka holda qo’llanganda, gaplar va gap bo’laklarini ajratish, takror (qo’sh T.) holda ishlatilganda esa, ma’lum bo’laklarni chegaralash, chegaralangan bo’lakning ma’nosini ta’kidlash, bo’rttirish, emosionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi. Hoz. o’zbek tilida T. sodda va qo’shma gaplar tarkibida qo’llanib, quyidagi vazifalarni bajaradi: a) gaplarni, gap bo’laklarini ajratadi; b) gaplar, gap bo’laklari va ayrim sintaktik tu-zilmalarni chegaralaydi; v) turli xil maqsadlar — emosional—ekspressiv holatlarni ifodalaydi; g) tushirib qoldirilgan ayrim bo’laklar o’rnini qoplaydi (Yaxshidan ot krlar, yomondan — dod). Grammatik va intonasion jihatdan mustaqil gap bo’laklari har ikki tomondan T. bilan ajratiladi. Bunda ajratilgan bo’lakning har ikki tomonidan qisqa pauza bo’ladi (tog’alarim — Egamberdi va Rahimberdi — meni bir-bir quchoklab, ishga beriladilar. — Oybek). T. ikki yoki undan ortiq atokli otning birikuvidan tuzilib, biron tashkilot, muassasa, ta’limot, narsahodisalar nomini anglatuvchi so’zlar orasida (Karpov — Kasparov matchi, Boyl—Mariott qonuni), shuningdek, makon, zamon va miqdor chegarasini biddiruvchi ikki yoki undan ortiq so’zlar (raqamlar) orasida ham (30-40- y.lar, XIX—XX alar) qo’llanadi.