Tiroksin

Tiroksin, 3,5,3′,5tetrayodtirozin — odam va hayvonlarning asosiy tireoid gormoni. Qalqonsimon bez follikulalarida ishlanadi. Tirozin hosilasi. T. suvda va quruqlikda yashovchilar hamda ba’zi suyakli baliqlar (mas., kambala)da metamorfozni, issiq qonli hayvonlar va odamda moddalar almashinuvini, issiklik ishlab chiqarilishi, to’qimalarning o’sishi va yangilanishini kuchaytiradi. T. sintezi va sekresiyasini gipofizning tireotrop gormoni (TTG) boshqaradi. Qonda T. miqdori ko’paysa, TTG ajralishi tormozlanadi va T. kam ajraladi. T. kontsentrasiyasi kamayganda TTG ajralishi kuchayadi va T. muvozanati tiklanadi. T.ning ajralishiga tashqi muhit omillari (tra va stress), ovqat (yod) va b. ichki sekresiya bezlari ta’sir etadi. T. muvozanati buzilishi turli kasalliklar (gipertireoz, gipotireoz, buqoq, kretinizm, miksedema)t olib keladi.