TIRUCHCHIRAPPALLI
TIRUCHCHIRAPPALLI — Hindistonning Jan. qismidagi shahar, Tamilnad shtatida. Aholisi 712 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Kaveri daryosi quyilish joyidagi transport yo’llari tuguni. Metallsozlik, to’qimachilik, ko’nteri, tamaki, oziqovqat sanoati korxonalari, energetika jihozlari zdi bor. Qimmatbaho toshlarga ishlov beriladi. Shahar yaqinidan slyuda, gips qazib olinadi. T. 10— 17-a. larda Tamil davlati poytaxti bo’lgan. Shahar chetidagi qoyada 7-a.da qurilgan qal’a va ibodatxonaayvonlar saqlangan.