Tishli kitlar
Tishli kitlar (Odontoceti) kitlarning kenja turkumi. Tanasining uz. 1,2—20 m. T.k. tishsiz kitlaraan 1-240 tagacha tishi bo’lishi bilan farq qiladi. Burun teshigi bitta. Bosh suyagining yuz qismi asimmetrik bo’lib, pastki jag’ kalla suyagidan kalta, uning oldingi qismi harakatsiz birikkan. T.k.ning asosiy mo’ljal olish (chamalash) usuli — exolokasiya. Eshitish va tovush organlari yaxshi rivojlangan. Exolokasiya va eshitish orqali o’zaro bog’lanadi, ozig’ini topadi va suv ostida mo’ljal oladi. T.k. murakkab tovush signallaridan ham foydalanadi. 74 turi va 4 oilasi: kashalotlar, o’tkir tumshuqlilar, Daryo delfinlari, delfinlar bor. Ko’pchiligi gala bo’lib yashaydi. Deyarli hamma dengiz va okeanlarda tarqalgan. 2-6 yoshda jinsiy etiladi. Baliq, bosh oyokli mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar bilan oziklanadi. Ba’zi turlari ovlanadi. Kashalot, kosatka, oq biqinli delfin va b.ning yog’i, spermaseti hamda go’shtidan foydalaniladi. Ko’pgina turlarining soni keskin kamaygan. Bir qancha turlari xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.