Tit Flaviy Vespasian
Tit Flaviy Vespasian (Titus Flavius Vespasianus) (39-81) — Rim imperatori (79-81); Flaviylar sulolasidan. Vespasianning o’g’li va vorisi. 73-79 y.larda Vespasianning taxtdoshi sifatida Senatdagi aristokratlar oppozisiyasi bilan kurash olib borgan. Imperator bo’lgach, Senat bilan kelishib hokimiyatni boshqargan. 80 y.da Rimda sodir bo’lgan o’lat va yong’in, 79 y. 24 avg.da Vezuviy vulqonining otilishi (uning natijasida Pompeya, Gerkulanum va Stabiya sh.lari yo’q bo’lgan) oqibatlarini tugatish hamda turli maqsadlar uchun tarqatiladigan sovg’alar, tomoshalar va jamoat binoladei qurilishi (Kolizey, termalar qurilishi tugallangan va b.) uchun kata mablag’sarflagan.