Titanit, sfen
Titanit, sfen — orolli silikatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi sa TiO[SiOJ bo’lib, G’e2q, G’e3Q hamda 12% gacha (T.ning keylgauit xili), (Se, Y)2O3, Mn, Sn, Nb, Sg aralashma holida uchraydi. T. monoklin singoniyada kristallanadi. Zich prizmalar ko’rinishidagi yakka kristallar hamda donador agregatlar hosil qiladi. Rangi sariq, jigarrang, yashil ba’zan qora va qizg’ish bo’ladi. Olmosdek yaltiraydi. Qattikdigi 5-6, zichligi 3,3—3,6 g/ sm3. T. magmatik tog’jinslarining keng tarqalgan aktsessor minerali, odatda, ishqorli tog’jinslarida, ba’zan metamorfik gneyslarda hamda gidrotermal hosilalarda uchraydi. T. titan olinadigan xom ashyodir.