Titanmagnetit

Titanmagnetit — murakkab oksidlar sinfiga mansub mineral — tarkibida ko’p mikdorda TiO2 ning kattik, eritmasi bo’lgan magnetit turi, Fe(Fe3Q, Ti)2O4. Fe, Ti va V larning kompleks rudasi. Unda Fe 50-55%; Ti 8-12%; V—0,5% gacha bo’ladi. Tabiatda ilmenitli komponentlari ko’p (37% gacha) bo’lgan magnetitlar — titanmaggemitlar juda ko’p tarqalgan. T.m.larda Al3Q, V4Q, Sg3q, Mp2q va b. aralashmalar holida uchraydi. Oktaedrik kristallar, donador agregatlar, kora rangli massalar shaklida bo’ladi. Qattikligi 5-5,5; zichligi 4,8—5,3 g/sm3. T.m. konlari, asosan, magmatik bo’lib, o’ta asosli jinslar, asosli va ishqorli tog jinslari bilan bog’liq; sochmalarda g’am uchraydi. T.m.ning yirik konlari Rossiya, Hindiston, Kanada, AQSh va Norvegiyada mavjud. T.m.dan temir, titan, vanadiy olinadi (yana q. Temir rudalari, Titan rudalari).