Tizimgul, dorivor tizimgul

Tizimgul, dorivor tizimgul (Verbena officinalis L) — tizimguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Poyasi tik usadi, shoxlangan. Bo’yi 30-100 sm. Barglari tuxumsimon, cho’ziqnashtarsimon, yirik (4-8 sm), gullari mayda, oq, poya ustida ro’vaksimon to’pgul hosil qiladi. Apr. dan sent. gacha gullaydi, mevasi iyundan pisha boshlaydi. T. O’zbekistonning cho’l va baland tog’li qismidan tashqari hamma erida uchraydi. U, ayniqsa, bog’, ekin orasi, ariq bo’ylari va yo’l yoqalarida ko’p o’sadi. Tarkibida verbenalin va adenozin glikozidlari bor. Poya va barglaridan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida turli xil shishlar va teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.