Tlaskala
Tlaskala — Meksikalat shtat. Mayd. 3,9 ming km2. Aholisi 962,6 ming kishi (2000). Ma’muriy markazi — Tlaskala sh. Meksika tog’ligining Jan.da joylashgan. Relefi bal. 2000-4000 mli vulkanik platodan iborat. Shtatning Jan.sharqida Malinche so’ngan vulkani (4461 m) bor. Iqlimi tog’tropik, qurg’oqchil iklim, yillik yog’in 600 mm chamasida. O’rtacha va oylik tralar 10-12° dan 16-18° gacha. Kserofit o’simliklar o’sadi. T. iqtisodiy jihatdan nisbatan qoloq Shtatlardan. Q.x.da makkajo’xori, dukkakli ekinlar, sabzavotlar ekiladi, echki va qo’y boqiladi. T.y. orqali Mexiko va Puebla sh.lari bilan bog’langan. TMK22 (Toshkent, Moskva, Kuba nomlari bosh harflaridan) — o’rtapishar pomidor navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik intida O’zbekiston, Rossiya va Kuba olimlari hamkorligida Xeyns va L178 navlarini chatishtirib yaratilgan (E.Ermolova, V.F.Pivovarov, S.T,Pessova, G.I.Klenova, 1986). Duragaylarning 1—2avlodi sinovlari va tanlash Toshkentda, 3avlodini sinash Kubada, 4—7avlodi sinovlari Toshkentda o’tkazilgan. Tupi, shoxlanishi o’rtacha, bal. 65-70 sm, mevasi yirik (120-145 g), cho’ziq yumaloq, yuzasi silliq, pusti va eti qattiq, rangi qizil, tashishga chidamli. Tupida uzok, turib qolsa ham sifati buzilmaydi. Tarkibida quruq modda 5,6%, qand 3,2%, S vitaminni 27 mg %. Urug’i issiqxonalarda Fev. 3dekadasida sepilib, ko’chati Toshkent viloyatida apr. 2dekadasidan mayning 2 dekadasigacha 90×25 yoki 110x70x20 sm sxemasida ekiladi. Urug’i unib chiqqach mevasi 120-125 kunda pishadi. Hosildorligi 450-700 ts/ga. 1990 y.da davlat reestriga kiritilgan. O’zbekistonning hamma viloyatlari, Qirg’iziston, Tojikistonda ekiladi. Uzok, masofalarga tashishga chidamli.