Tmutarakan

Tmutarakan — Taman ya.o.dagi Taman stanisasi yaqinidagi qad. rus shahri. 8-9-a.larda T. o’rnida Xazar xokonligita. tobe bo’lgan Tamatarxa qishlog’i joylashgan. Xazar xoqonligi 965 y. Kiev knyazi Svyatoslav Igorevich tomonidan tormor etilgach, Tamatarxa o’rnida T. vujudga kelgan. U bu erda tashkil topgan Tmutarakan knyazligining siyosiy markazi bo’lgan. T. yirik savdo shahri sifatida rus knyazliklari, shim. Kavkaz xalklari va Vizantiya bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalar olib borgan. T. da kasoglar, greklar, alanlar, ruslar va armanlar yashagan. 10-a.da T. g’ishtdan ishlangan mustahkam mudofaa devori bilan o’rab olingan. 1023 y. T.da xukmronlik qilgan Knyaz Mstislav Vladimirovich Bogorodisa cherkovini qurdirgan. 12-a. da poloveslar (qipchoklar) zarbalari ostida T.ning rus erlari bilan aloqasi uzilgan. T.da arxeologik qazish ishlari 19-a.dan 20-a. o’rtalarigacha olib borilgan.