TOBAGO
TOBAGO — Atlantika okeanidagi Orol, Trinidad orolidan shimoli sharqda, shu Orol bilan birga Trinidad va Tobago davlati tarkibiga kiradi. Maydoni 300 kilometr kvadrat. Aholisi 54 ming kishi (2000). Bosh shaxri — Skarboro. Orolga evropaliklardan birinchi bo’lib X.Kolumb 1498 yilda borgan. Tobago materik bo’lagi. Yer yuzasi tog’li, baland joyi 579 metr. Vulkanogen va granit jinslaridan tuzilgan; Janubi g’arbi ohaktoshli plato. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. Doim yashil o’rmonlar, kakao va kokos palmalari plantasiyalari bor.