TODOROKIT

TODOROKIT (Todoriki — Yaponiyaning Xokkaydo o.dagi kon nomidan) — mineral. 1963 y. Markaziy Qizilqumda topilgan. Kimyoviy tarkibi (Ca, Na, Md2q, K), (Mp4q, Mp2q,Mg)6 xO|23H,O; asosiy qismni tashkil qiluvchi Mp dan tashqari 16 kimyoviy element (Mg, Ca, Na, K, Zn, Fe, Al, Si, Ba, Hg, Cd, Co, Ni, Sr, Mo, Si) aralashmasi bor. Romb yoki monoklin singoniyada kristallanadi. Ko’rinishi sferolitbuyraksimon. Kattiqligi 1,5 — 2, zichligi 3,7—3,8 g/sm3. Rangi kora, yarim metalldek yaltiraydi, elektromagnitli. T. gipergen mineral bo’lib, oltin konlarining oksidlanish zonasidagi eng kechki shakllanish bosqichida vujudga kelgan. O’zbekistonda Muruntov, Tomditov va Bo’kantovda uchraydi.