Todzio Xideki
Todzio Xideki (1884.30.12 Tokio — 1948.23.12) — Yaponiyaning bosh harbiy jinoyatchilaridan biri, general. 1915 y.dan yapon armiyasida rahbarlik lavozimlarida. 1937-38 y.larda Yaponiyaning Kvantun armiyasi shtabi boshlig’i. 1938-39 y.larda harbiy vazir muovini. 1940 y. iyul — 1941 y. okt.daharbiy vazir. 1941 y. okt. — 1944 y. iyulda bosh vazir va ayni vaqtda harbiy vazir. Yaponiyaning fashistlar Germaniyasi va Italiya bilan Ittifoqining tarafdori bo’lgan. Fashistlar Germaniyasining SSSRga qarshi urushida faol yordam bergan. 1941 y. Tinch okeanidagi urushning ochilishida katta rol o’ynagan. Uzoq Sharq uchun tashkil etilgan xalqaro harbiy tribunalning qaroriga ko’ra, qatl etilgan.