Tog’ cho’qqisi

Tog’ cho’qqisi — tog’tizmalari, massivlari va alohida tog’larning eng baland joyi yoki nuqtasi. Har xil (platosimon, nayzasimon va boshqalar) shakllari mavjud. Yon bag’irlari tik yoki bir oz Nishab, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan bo’ladi. Vujudga kelishi tektonik tuzilishi, tarkibidagi tog’ jinslari (nurash jarayonlariga chidamliligi) va turli denudasion jarayonlar bilan bog’liq. Tog’ cho’qqisining dengiz sathidan balandligi ham turlicha. Eng baland Tog’ cho’qqisi — Jomolungma (8848 metr), Tirichmir (7690 metr), O’zbekistonda Hazrati Sulton (4648 metr).