TOG’ JINSLARI TUZILISHI

TOG’ JINSLARI TUZILISHI — mineral va mineral agregatlaridan iborat tog’jinslarining tuzilish tavsifi. «T.j.t.»umumlashma termin bo’lib, tog’ jinslarining strukturasi va teksturasi tushunchasini o’z ichiga oladi. Struktura minerallarning o’lchami, shakli va o’zaro joylanishi bilan aniklanadi; tekstura tog’jinslarining yirikroq tarkibiy qismi (mineral agregatlar)ning umumiy hamda bo’shliqsa joylashish xususiyatlari bilan aniklanadi. Magmatik tog’jinslarining tuzilishi. Magmatik tog’jinslarining strukturam magmaning tarkibi va uning sovish sharoitlariga bog’liq. Otqindi, tomir va effuziv jinslarda ular turlicha bo’ladi. Otqindi jinslar uchun to’liq kristalli strukturalar xos bo’lib, unda jinslarning barcha moddalari qayta kristallanadi. Magma tarkibida uchuvchi komponentlarning bo’lishi kristallanish trasini pasaytiradi va magmaning qayishqokligini kamaytiradi, bular esa kristallizasiya jarayonini to’liq bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun, nordon magmaning chuqur sharoitda, uchuvchi komponentlarni saqlagan holda sekin sovishi to’liq kristallangan donador jinslar (mas., granit) hosil bo’lishiga olib keladi. Idiomorfizmning turli darajadagi jins hosil qiluvchi minerallar yig’indisi bo’lgan strukturalar — gipidiomorf donadorli (granit, sienit va dioritlar) deyiladi. Eritmadan bir vaqtning o’zida dala shpati va kvarsning ajralishi pegmatitsimon yoki grafiksimon strukturalarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Kristallarning nisbiy o’lchamiga qarab, tekis donador va notekis donador bo’ladi. Notekis donadorlari porfirli va porfir ko’rinishli bo’ladi. Porfir ko’rinishli strukturalarda tog’jinsining massasi mayda va o’rta donali bo’lib, aloxida minerallarning yirik porfirli bo’lakchalaridan tashkil topadi. Otqindi jinslardagi teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar bo’lib, ularda barcha minerallar jins bo’ylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydo nlarda taxm. bir xil tarkib va strukturaga ega bo’ladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan. Yo’lyo’l va flyuidal teksturalar minerallarning orientirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning harakatlari vaktida vujudga keladi. Tomirli va effuziv tog’jinslariga porfirli struktura xos bo’lib, u magmaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yo’qolishiga bog’liq bo’lgan tez kristallanishini ifodalaydi; ba’zan bu struktura otkdndi jismlarning chekka qismlarida kuzatiladi, tog jinslarining asosini tashkil qiluvchi zich (afanitli) massasida minerallarning yirik xolxol ajratmalari borligi bilan bog’liq. Xolxolligi bo’lmagan effuziv jinslarning strukturalari afanitli deb ataladi. Asosiy massaning strukturalari orasida shisha va Kris. tallar (mikrolitlar) nisbatiga qarab shishali yoki vitrofirli, yarim kristalli va mikrolitli strukturalar fark, qilinadi. Effuziv jinslarning kristallanish darajasi magmaning tarkibi va uning kristallanish geologik sharoitiga bog’liq. Er yuzasida lavaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yo’qolishi birgalikda tez sodir bo’ladi. Nordon va o’rtacha lavalar (liparitli, andezitli) yarim kristallangan va asosiy massalarida ingichka (mm ning o’ndan va yuzdan bir kismi) mikrolitlar bo’lgan shishasimon jinslar (obsidian, pemza) hosil qiladi. Asosiy va suyuqroq lavalar er yuzasida yarim kristallangan jinslar ko’rinishida soviydi. Effuziv jinslarning teksturalari orasida: massivli, flyuidal, yo’lyo’l flyuidallilar bo’lib, ular turli rangdagi vulkanik shisha, xolxollilik va mikrolitlar parallel chiziqchali joylashuvi bilan bog’liq bo’ladi. Lavadagi gazli pufakchalarning miqdoriga qarab g’ovakli, pufakchali va pemzali teksturalar farq qiladi. Bo’shliqlar ikkilamchi minerallar (kvars, opal, tseolit, karbonatlar va b.) bilan to’ldirilganda bodomtoshli teksturalar hosil bo’ladi. Cho’kindi tog’jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi jinslarnikiga qaraganda yanada yaqqolroq ko’rinadi. Chaqiq tog’jinslari donalarining o’zaro joylashishi bilan anikdanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, katlamli va flyuidalli bo’ladi. Chaqiq toshlar tsementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki o’zaro bog’lanmagan bo’lishi mumkin. Organogen tog’jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh, dolomit) da xilmaxil bo’ladi. Bu jinslar tarkib topgan organik qoldiklar yaxshi saqlanganda, struktura butkul shu organizmlarning tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va yaxlit chig’anokli deb ataladi. Biogen jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm strukturalari xos. Xemogen tog’jinslarining tuzilishi turli o’lchamdagi kristall donalarining o’sishi bilan tavsiflanadi. Xemogen tog’jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va katlamlilari ko’p tarqalgan. Metamorfik tog’jinslarining tuzilishi. Metamorfik tog’jinslarining struktura va teksturasi birlamchi cho’kindi va magmatik tog’jinslarining qattiq holatda katta chuqurlikda litostatik bosim ta’siri ostida, tralar va eritmalar (flyuidlar) ta’sirida ko’pincha deformasiya vaziyatida qayta kristallanishi mobaynida mineral donalarining ma’lum yo’nalishda yotishi, gneysli va slanesli teksturalarga qonuniyatli tarzda olib keladi. Metamorfik tog’jinslari strukturalari qattiq yoki egiluvchan muhitda minerallarning o’sishi natijasida paydo bo’lsa, kristalloblastli deyiladi. Tekis donali va notekis donali strukturalar bo’lib, ular mayda donali jinslar massasi orasida minerallarning yirik kristallari ko’pligi bilan tavsiflanadi. Mineral donalarining shakliga qarab metamorfik jinslar orasida granoblastli yoki donali (kvarsitlar, marmarlar), leg’shdoblastli yoki bargsimon shaklga ega bo’lgan mineral donalaridan tarkib topgan (slyudali slaneslar, fillitlar) bargli, lepidogranoblastli yoki dona barglilar farq qilinadi. Agar metamorfik tog’jinslari boshlang’ich strukturasining relikti saklangan bo’lsa, strukturaning nomi birlamchi struktura nomiga Blast so’zi qo’shilib (blastporfirli, blastpeammitli va b.) aytiladi. Metamorfik tog’jinslari dastlabki jinslar teksturasining relikti ham saklanib qolishi mumkin.