Tog’ jinslarining suv o’tkazuvchanligi

Tog’ jinslarining suv o’tkazuvchanligi — tog’jinslarining o’zidan suv o’tkazish imkoniyati. Suv o’tkazish darajasi, o’zaro tutashgan g’ovak va darzliklarning o’lchami va mikdoriga xdmda tog’jinslari donalarining saralanganligiga bog’liq bo’ladi. Suvni yaxshi o’tkazuvchi tog’jinslariga — shag’al, mayda shag’al, yirik donali qumlar, kuchli karstlangan va darz ketgan jinslar kiradi. Deyarli suv o’tkazmaydigan jinslarga — gillar, qumoq tuproklar, darzlanmagan kristalli, metamorfik va mustahkam cho’kindi tog’jinslari kiradi. T.j.s.o’. filtrlanayotgan tog’jinsining ko’ndalang kesimi maydoni birligi orqali o’tayotgan suvning mikdoriga teng bo’lgan filtrasiyaning tezligi bilan aniqlanishi mumkin. Gidrogeologik tadqiqot va hisoblarda suv o’tkazish koeffisienti tog’jinslarining filtraiiyali xususiyatlarining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. T.j.s.o’. ni o’rganish er osti suvlarini qidirish va razvedka qilishda zarur bo’lib, ulardan suvlarni bir joyga jamlashda, gidrogeologik inshootlarini o’rnatishda, turli tipdagi er osti suvlarini ekspluatasiya qilishda foydalaniladi.