Tog’li shoriya
Tog’li shoriya — RF Kemerovo viloyatining Jan. qismi, asosan, shorliklar yashaydi. Salair qator tepasi, Abakan tizmasi va Kuznesk Olatovi tarmoqdarini o’z ichiga oladi. Past va o’rtacha balandtog’relefiga ega. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi iliq, yog’in, asosan, yozda yog’adi. T.sh. hududi tog’terak, oqqarag’ay o’rmonlari bilan qoplangan. Toshko’mir, temir, oltin, marganes, pyx: Tashtagol, Shergeshe magnetit ruda va b. konlari bor. Temir ruda qazib olish va yog’och sanoati rivojlangan. T. Sh. — Novokuznesk metallurgiya zdlarining ruda bazasi. Hududidan Novokuznesk — Tashtagol va Novokuznesk — Abakan t.y.lari o’tadi. Oltoyning eng qad. xalklaridan bo’lgan birgina shorliklar Daryo vodiylarida yashaydi. Asosiy aholi yashaydigan joylari: Mejdurechensk sh., Mundibash, Temirtov, Tashtagol qishlokdari.