TO’G’RI QANOTLILAR

TO’G’RI QANOTLILAR (Orthoptera) hasharotlar sinfiga mansub turkum. Tanasi uzunchoq, 2 juft qanoti yaxshi rivojlangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Urgochisining tuxum qo’ygichi bor. Maxsus tovush chiqarish va eshitish organlari mavjud. To’g’ri qanotlilar turkumi 2 kenja turkum: uzun mo’ylovlilar (ediexidsimonlar, temirchaksimonlar, Chirildoqsimonlar, chirildoklar katta oilalari) va kalta mo’ylovlilar (treperstsimonlar, tetrigidsimonlar, timpanalsizlar, pufaklilar, chigirtkalar katta oilalari)ga ajratiladi. 200000 dan, O’zbekistonda 350 dan ko’proq turi ma’lum. Janub hududlardagi ochiq landshaftlarda keng tarqalgan. Chala o’zgarish orqali rivojlanadi. Yilda bitta nasl beradi. Odatda, tuxum davrida qishlaydi. Ko’pchilik turlari o’simlikxo’r, ba’zi turlari aralash yoki yirtqich oziklanadi. Ayrim turlari ko’p sonli gala hosil qilib, uzoq masofaga uchib o’tishi (ko’chishi) mumkin. Qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltiruvchi turlari bor (chigirtkalar, buzoqboshilar). Gala bo’lib ko’chib yuruvchi turlari (Osiyo chigirtkasi, Marokash chigirtkasi) ekinlar uchun ayniqsa katta xavf tug’diradi. Cho’l temirchagi O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.